Rossiyada xizmat körsatgan artist Farhod Mahmudov Toşkentda tuğilib-ösgan. Kinodagi birinçi rolini 14 yoşida «Özbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan «Börilar» filmida ijro etgan. 

Maktabni bitirganidan söng u Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olgan va faoliyatini Rossiyada davom ettirgan. 2016 yilda u suratga tuşgan özbekistonlik kinorejissyor Rustam Sa'diyevning «Baron» filmi ekranlarga çiqdi.

Farhod Mahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda mazkur film va uning davomi haqida öz fikrlarini aytdi.

«Menga bir kişi qönğiroq qildi, özbekistonlik rejissyor Rustam Sa'diyev ekanligini aytdi. U meni filmda suratga tuşişga taklif qilmoqçiligini bildirdi. Birinçidan, menga ssenariy yoqdi. Eng asosiysi esa, vatanimdan taklif tuşgandi. Bu esa darrov ta'sir körsatadi. Ayniqsa, 30 yildan buyon Rossiyada yaşayotgan menga. Men bu taklifga «yöq» deya olmadim», – dedi Mahmudov. 

Hozirda mazkur filmning davomi suratga olinayotgan bölib, u şu yil kuzida tayyor bölişi kutilmoqda.

«Biz turli joylarda suratga oliş işlarini olib borişimiz kerak edi, hozir esa bir joyda olinadigan lavhalar qolgan. Ikkinçi filmning syujyeti birinçisidan butunlay farq qiladi. Film yönalişini boşqa tomonga burib yubordik. Köp narsani oşkor qilişni istamayman, ammo narkotrafik voqeasidan terrorizmga ötdik. Bahorda suratga oliş işlarini yakunlamoqçimiz. Kuzga borib film amalda tayyor böladi deb umid qilaman», – dedi Farhod Mahmudov.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube