Professional boksning super oğir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga çiqayotgan özbekistonlik Bahodir Jalolovning (4-0 4 KO) raqibi jang boşlanişiga uç kun qolganida özgardi. 

GoSport.uz naşri xabariga köra, 15 mart kuni u kolumbiyalik Santander Silgado (28-6, 22 KO) bilan jang ötkazişi belgilangandi. Ammo Silgado 23 mart kuni amerikalik Çazz Uizerspun (37-3, 28 KO) bilan jang ötkaziş böyiça kelişuvga erişgan va Bahodir Jalolov bilan jang qilişdan boş tortgan.

Endilikda Bahodir Jalolovga boşqa bir amerikalik boksçi Villi Harvey (3-1-1, 3 KO) raqiblik qiladigan böldi. Jang Kaliforniya ştatining Tyustin şahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, Bahodir Jalolov sönggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarşi ringga çiqib, raqibini birinçi raunddayoq nokautga uçratgandi.