Özbekiston delegatsiyasi MDH Iqtisodiy kengaşining majlisida iştirok etadi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda. 

«2019 yilning 15 mart kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari – moliya vaziri Jamşid Qöçqorov boşçiligidagi delegatsiya Moskva şahrida MDH Iqtisodiy kengaşining 81-majlisida iştirok etadi», - deyiladi TIV xabarida.

MDH Ijroiya qömitasi ma'lumotlariga köra, majlis kun tartibiga MDH davlatlarining iqtisodiy sohadagi özaro hamkorligi böyiça keng doiradagi masalalar kiradi. Xususan, davlatlar axborot xavfsizligini ta'minlaş böyiça strategiyani işlab çiqiş muhokama qilinadi. Elektron savdo sohasida iste'molçilar huquqlarini ta'minlaş masalasi kun tartibida alohida örin tutadi.

Majlisda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a'zo davlatlar bojxona organlari örtasida intellektual mulk obektlarini himoya qiliş sohasidagi hamkorlik körib çiqiladi. Bundan taşqari, majlis qatnaşçilari bir qator boşqa moliyaviy va taşkiliy masalalarni muhokama qiladilar.