2019 yil 11 mart kuni Özbekiston Milliy aviakompaniyasining uçoqlar parki Airbus A320neo (New Engine Option – yangi talqindagi dvigatelli) samolyoti bilan töldirilgani haqida xabar berilgandi. 

«Özbekiston havo yöllari» MAK ixtiyoridagi uşbu aerobus zamonimizning eng yangi avialaynerlaridan biri hisoblanadi.

Tas-IX

YouTube

Jahon aviabozorida Boeing kompaniyasining 737 Max rusumli samolyoti bilan raqobatlaşuvçi layner CFM International LEAP-1A yoki Pratt & Whitney PW1100G dvigatellari bilan ta'minlanişi mumkin.

Avialayner saloni

Airbus A320neo layneri ikki toifali komponovkada işlangan. Samolyot bortida biznes toifada 12 ta örin, ekonom toifada 138 ta örin mavjud (Airbus kompaniyasining rasmiy saytiga köra maksimum siğim 180 örindan oşişi mumkin).

Uçoqda köproq örindiqlar joylaştiriş yoki ötiş uçun keng yölak oçiş imkoniyati mavjud. 

Airbus kompaniyasi odatda öz samolyotlarida standart salon rejasini taklif etadi. Standartga köra avialaynerning salon rejasi quyidagi körinişda böladi:

 

Airbus A320neo A320 rusumidagi «akasining» takomillaştirilgan davomçisi hisoblanadi.