Yevropaning aviatsiya xavfsizligi agentligi Efiopiyadagi aviahalokatdan keyin Boeing 737 Max samolyotlarining Yevropa Ittifoqi havo hududida parvozlarini taqiqladi.
“EASA ehtiyot çorasi sifatida UTC vaqti bilan soat 19.00da kuçga kiradigan va Yevropada Boeing 737 Max 8 va 737 Max 9 modellaridagi samolyotlarning barça parvozlarini vaqtinçalik töxtatadigan farmonni e'lon qildi”, deyilgan agentlik xabarida.
Bundan taşqari, agentlik Yevropa aviakompaniyalari bölmagan kompaniyalarga tegişli bölgan uşbu modifikatsiyadagi samolyotlar uçun ham havo hududi yopilişiga körsatma bergan.
Ayni vaqtda bir qator aviakompaniyalar, turoperatorlar va davlatlar Boeing 737 Max parvozlarini töxtatganlarini e'lon qilişgan.
Boeing 737 Max 8 halokati 10 mart kuni ertalab Efiopiyada yuz bergan. Fojia oqibatida samolyotda bölgan barça 157 kişi halok bölgan. 2018 yil 29 oktyabrda ham Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga tegişli şu modeldagi samolyot parvoz boşlangandan 13 daqiqa ötib halokatga uçragandi.












