Köp yillar davomida Özbekistonda paxta monokulturasi, unda majburiy va bolalar mehnatidan foydalaniş kabi holatlar özbek paxtasi, undan işlab çiqarilgan mahsulotlarga nisbatan bir neça davlatlarning boykotiga sabab bölib keldi.
Kun.uz muxbiri kiyim-keçak eksporti sohasida köp yillik tajribaga ega bangladeşlik mutaxassis Mehdi Mahbub bilan iqtisodiyot, töqimaçilik sanoati, tadbirkorlik va marketing masalalari böyiça suhbatlaşdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Men xususiy tadbirkorman va bu savolga javob berişni afzal bilaman. Öz davlatimni sevaman, şunday ekan, haqiqatni aytişdan qörqmayman, çunki mamlakatimdagi insonlar xolis fikrning qadriga yetadi.
Bangladeşda kiyim-keçak, töqimaçilik sohasida bolalar mehnatidan foydalanilmaydi. Bundan voz keçganimizga yigirma yildan köproq muddat böldi.
Kiyim-keçaklarni özimiz uçungina emas, butun dunyo uçun işlab çiqaramiz. 130dan ortiq mamlakat Bangladeş eksport qiladigan kiyim-keçaklarning xaridori sanaladi. Iqtisodi rivojlangan davlatlar uçun inson va bolalar huquqlari eng qadrli jihatlardan hisoblanadi. Biz ularning qadriyatlarini hurmat qilişimiz zarur. Aks holda biz muvaffaqiyatli va barqaror böla olmaymiz. Ötgan asrning 90-yillarida Bangladeş sanoati hukumat va xalqaro hamkorlar kömagi bilan bolalar mehnatidan ozod qilinişi boşlangan.
Özbekiston bu salbiy tamğadan qutulgani bilan hukumatingiz va sizni qutlayman.
Biroq Özbekiston haqida axborot juda tanqis. Men Özbekiston haqida juda kam narsa bilaman, bu yerga ham aynan şu maqsadda – ma'lumot yiğiş uçun keldim.

Afsuski, mening mamlakatimdagi sanoat yetakçilari Özbekistonda hamon bolalar mehnati bilan boğliq muammolar bor deb öylaydi va davlatingizni qora röyxatga kiritişgan.












