Qonunbuzarlik köp hollarda panjara ortiga yetaklaydi. Dunyoning har bir davlati öz hududida amal qiluvçi öziga xos qonunlarga ega va ulardagi mahkumlar soni ham tabiiyki turliça. Bu borada rasmiy statistika har 100 ming kişiga neça nafar mahkum töğri kelişiga qarab yuritiladi.
Qiziqarli ma'lumotlar:
* birgina AQŞning özida panjara ortida ozodlik yoki ölimni kutayotgan mahkumlar soni butun Yevropa davlatlarinikidan ham köproqdir;
* Yevropa davlatlari orasida mutlaq yetakçi Rossiya hisoblanadi va bu mahkumlarning aksariyati qotillik uçun panjara ortiga ravona bölgan;
* Yevropada hamon yetakçi bölsa-da, sönggi yillarda Rossiyada mahkumlar soni kamayib bormoqda. Masalan, bu davlatda 2008 yilda 100 ming kişiga 625 kişini taşkil qilgan bölsa, keyinçalik bu körsatkiç 394 kişiga qadar tuşgan;
* qaysidir davlatda mahkumlar soni köpligi inson huquqlarining poymol qilinişini anglatmaydi. Masalan, AQŞ bu borada birinçi, Afğoniston esa 167-örinda. Bu davlatlardagi inson huquqlari böyiça holatni albatta soliştirib bölmaydi. Ammo bu faktor ham yöq emas – köpçilik davlatlarda muxolifat qattiq ta'qib qilinadi va siyosiy mahbuslar talaygina.
Demak 2018 yil ma'lumotlari böyiça har 100 ming kişiga töğri keluvçi va umumiy mahkumlar soni böyiça yetakçi davlatlar reytingi quyidagiça:

Özbekiston bu röyxatda 100 ming kişiga töğri keluvçi 150 mahkum bilan 105-örinni egallagan. Bu boradagi eng kam körsatkiç Gvineya-Bisauda qayd etilgan bölib, 220-örinni egallagan bu davlatda 100 ming kişiga 10 mahkum töğri keladi va umumiy mahkumlar soni bor-yöği 196 nafarni taşkil qiladi.
Abror Zohidov tayyorladi.












