Rahbarlarning obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlariga adolatsiz munosabati davom etyapti

Kun.uz'da «sariq nimçalilar» hayoti bilan taniştiruvçi video rolik e'lon qilingan edi.

Oğir iş şaroiti, transport muammosi, aholining köça obodonlaştiriş xodimlariga nomunosib munosabati, hojatxona va kiyim almaştiriş uçun joy yöqligi har qanday iqlim şaroitida erta tongdan kun botguniça davom etadigan bunday mehnat turini yana qiyinlaştiradi.

Video rolikni çiqarişdan maqsad ham ana şu muammolarga mutasaddilarning e'tiborini qaratiş, jamiyatning har bir iştirokçisida mas'uliyat hissini oşirişdan iborat edi.

Şu kungaça internet tarmoqlarida birinçi video 85416, ikkinçi video rolik 75229 marotaba körilgan va unga umumiy 2 mingdan ortiq kişi izoh qoldirilgan. Izohlar, ijtimoiy tarmoqlarda boşlangan turli aksiyalar (Buxoro viloyatida obodonlaştiriş xodimlariga oddiy insonlar fleşmob körinişida ommaviy yordam berişgan) xalqning obodonlaştiriş bölimi xodimlariga bölgan e'tibori, hurmati oşganligidan dalolat beradi.

Xöş, mutasaddilar ham video lavhalardan tegişli xulosa çiqardimi? Ha, çiqardi. Agressivlaşişdi. Bu «sariq nimçalilar» video materialining hisobot sonini, ya'ni videoda kötarilgan muammolar amalda qançalik öz yeçimini topganligini biliş maqsadida olib borgan suriştiruvimizda jurnalistlar guruhiga körsatilgan munosabatdan anglaşiladi.

Loyiha muallifi sifatida obodonlaştiriş xodimi va boşqaruvdagi mas'ullardan «videoni kördingizmi», «özgariş böldimi» kabi savollarga javob olmoqçi edik.

Ikkala rolikda ham jurnalist bilan suhbatlaşgan, intervyu bergan Muharram Mirjalilovaning yaqiniga borgan paytimiz, boşqa işçilar «kelyapti», «orqada», «gapirmang» deya ayolni nimadandir ogohlantirişga urinişdi.

Oldimizga öşa hududda işlayotgan işçilar brigadasi boşliği kelib huquqşunoslikdan bilimini körsatişni boşlaganda Muharram opaning nimadan «ogohlantirilganini» angladik.

Mas'ul şaxs nafaqat Muharram Mirjalilova, balki qolgan işçilar bilan ham suhbatlaşişni taqiqladi. Bunga sabab qilib, xodimlarni işdan çalğitayotganligimiz vaj qilindi. Jurnalistni sudga beriş bilan tahdid qilişga uringan mansabdor şaxs şahar obodonlaştiriş boşqarmasi xodimini haq-huquqlarini poymol qilib, ular uçun özboşimçalik bilan qaror qabul qilişi közga taşlandi. Bu uning «bular intervyu bermaydi» degan sözlaridan anglaş mumkin.