Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar uchun StrategEast mukofotiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar uchun StrategEast Amerika markazi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Markazning Britaniya parlamentidagi taqdimotida e'lon qilingan.
Prezident Mirziyoyev iqtisodiyotni liberallashtirish va O‘zbekistondagi investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha ishlari uchun StrategEast Award mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, Mirziyoyevning chegaraoldi ziddiyatlarini bartaraf etish va qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi qayd etildi.
StrategEast Westernization Award mukofoti har yili sobiq sovet ittifoqi davlatlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotini rivojlantirishga qo‘shilgan hissa uchun beriladi.
O‘tgan yili AQShning StrategEast strategik markazi sobiq sovet ittifoqi davlatlarining g‘arblashuv darajasi bo‘yicha reytingni tuzdi. Tadqiqot mualliflari Rossiyadan tashqari 14 mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy sohalarni baholashdi.
Tadqiqot mualliflari jamiyat siyosiy rivojlanishning g‘arb modellari, huquqiy faoliyat va hayot tarzini qabul qiladigan o‘zgarishlarni g‘arblashuv deb atagan.
Reyting tuzuvchilari fikricha, Boltiqbo‘yi davlatlari eng g‘arblashgan sanaladi. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston eng «g‘arblashmagan» deb topildi.
Mavzuga oid
22:46 / 02.06.2026
Madaniyat, san’at va adabiyot sohasi uchun keng ko‘lamli imtiyozlar e’lon qilindi
22:05 / 02.06.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
14:24 / 02.06.2026
Uch yilda kimyo sohasida 42 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
13:52 / 02.06.2026