Şimoliy Irlandiya prokuraturasi Britaniya armiyasining sobiq askarlaridan biri, 1972 yil 30 yanvar kuni Londonderri şahridagi “Qonli yakşanba”da 13 nafar namoyişçini öqqa tutişda iştirok etgan F. ga qarşi qotillik va suiqasd sodir etiş ayblovlarini qöydi.

Huquq-tartibot idoralari 2010 yilda tergov Britaniya armiyasi tomonidan öşa voqeada namoyişçilarga qarşi jangovar öqlarni qöllaş asossiz bölgani haqidagi xulosaga kelgandan söng uşbu işning 125 ming sahifalik materiallarini körib çiqqan. Hozirda namoyişçilarni öqqa tutişda iştirok etgan 17 harbiyning yoşi 60 yoşdan 70 yoşgaçani taşkil qiladi. Tergov ma'lumotlariga köra, öşa voqealar qurbonlaridan birortasi harbiylarga xavf solmagan, qurolsiz fuqarolarga öq uziş esa öz xatti-harakati ustidan nazoratni yöqotiş oqibati bölgan. Bu xulosalar e'lon qilingaç mamlakatning öşa vaqtdagi boş vaziri Devid Kemeron askarlar xatti-harakatlari uçun uzr söragan.

Tergov, şuningdek, öşa voqealarda iştirok etgan qolgan 16 britaniyalik askarga va Irlandiya respublika armiyasining (IRA) harbiylarga qarşilik körsatgan 2 a'zosiga qarşi jinoiy iş qözğatiş imkonini körib çiqqan, biroq ularga ayblovlar bildirişga yetarliça asos topa olmagan.  

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi sudlanmoqçi bölinayotgan sobiq harbiyga kömak körsatişga va'da bergan.

1972 yil 30 yanvarda Britaniya armiyasi paraşyut polki askarlari Londonderrida şimoliy irlandiyalik katoliklarning tinç namoyişi iştirokçilarini öqqa tutgan, buning oqibatida voqea joyida 13 kişi, jumladan ortidan öqqa tutilgan 6 nafar ösmir halok bölgan, yana bir ötkinçi olingan jarohatlardan bir neça kun ötgaç vafot etgan. Bu voqea “Qonli yakşanba” yoki “Bogsayd xunrezligi” nomini olgan. 1972 yildagi bu voqea IRAning britaniyalik harbiylarga qarşi faol jangovar harakatlarni boşlaşiga olib kelgan.  

IRA öz oldiga kuç bilan Olsterning Buyuk Britaniyadan mustaqil bölişi va Irlandiya Respublikasiga qöşilişini maqsad qilgan harbiylaşgan milliy-ozodlik taşkiloti hisoblanadi. U 1969 yilda muvaqqat va rasmiy IRAga bölinib ketgan. Ma'lumotlarga köra, muvaqqat IRA jangarilari qölidan jangovar töqnaşuvlar va teraktlar sodir etiş vaqtida 1,8 ming kişi, jumladan 1,1 ming britaniyalik harbiy, Qirollik politsiyasi va Olster mudofaasi polki xodimlari, 600 ga yaqin fuqaro va boşqa katolik hamda protestant harbiylaşgan guruhlari jangarilari halok bölgan.  

2005 yilda uşbu taşkilot rasman qurolni taşlagan, biroq IRAni tiklaş va teraktlarni sodir etişni yana boşlaşga urinişlar hamon davom etib keladi.