Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 MAX 8 yölovçi samolyoti parvozga kötarilganidan söng haddan taşqari tezlaşib ketgan, deb yozmoqda The New York Times gazetasi kema kapitanining dispetçer bilan muzokaralarini eşitgan manbaga tayangan holda.
Uning sözlariga köra, Boeing Addis-Abebedagi aeroportdan parvozga çiqqanidan uç daqiqa ötib, samolyot kapitani «vahimali ovozda» qönişga ruxsat berişni söragan. Uning ta'kidlaşiça, bu paytda dispetçerlar boşqa ikki bortning qönişini muvofiqlaştiriş bilan band bölişgan.
Gazetadan qöşimça qilinişiça, manba öz nomini oşkor etmagan, sababi muzokaralar hozirgi vaqtga qadar e'lon qilinmadi.
Bundan oldin, Lotin Amerikasi davlatlarida Boeing 737 MAX parvozlari taqiqlangandi.













