Navröz bayrami munosabati bilan bu yil haftasiga 5 kun işlovçi özbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olişadi.
Prezidentning 2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlar belgilanib, dam oliş kunlari köçirilgan edi.
Quyida bayram arafasidagi dam oliş kunlari haqidagi ma'lumot keltiriladi.
Haftasiga 5 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam oliş kuni hisoblanadi:
21 mart – payşanba (Navröz bayrami);
22 mart – juma (qöşimça dam oliş kuni);
23 mart – şanba;
24 mart – yakşanba.
Haftasiga 6 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar dam oliş kuni hisoblanadi:
21 mart – payşanba (Navröz bayrami);
22 mart – juma (qöşimça dam oliş kuni);
24 mart – yakşanba.
Haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar 23 mart (şanba) kuni işga çiqişlari lozim.


















