Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonov şu yil 15 mart kuni oğir xastalik tufayli vafot etgani xabar berilgandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev marhum xonadoniga taşrif buyurib, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mirabror Zufaroviç Usmonov 1947 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Köp yillar iqtisodiyot, savdo va xizmat körsatiş sohalarida turli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan, 1994-2005 yillarda esa Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari sifatida iste'mol mollari işlab çiqariş va savdo tarmoqlariga rahbarlik qilgan. 

M.Usmonov Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidagi köp yillik faoliyati davomida bilimi, katta hayotiy tajribasi bilan qonunlar işlab çiqilişida faol iştirok etdi. Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi prezidenti sifatida mamlakatimizda sportni rivojlantirişga katta hissa qöşdi. 

Mirabror Usmonovning köp yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “Mehnat şuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uçun”, “El-yurt hurmati” va “Döstlik” ordenlari hamda “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi.

Davlat rahbarining marhum xonadoniga taşrifi xalqimizga xos olijanoblikning, mamlakat rivojiga hissa qöşgan insonlarga ehtiromning yana bir ifodasi böldi. 

Qur'on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi, deyiladi xabarda.

Prezident marhumning ezgu işlarini yodga olgan.

– Mirabror Usmonov mustaqilligimizning oğir-yengil kunlarini tortgan, xalqimizga, Vatanimizga katta xizmatlar qilgan uluğ inson edi. Odamlarga qölidan kelgança yaxşilik qilardi. Oilasiga, yurtiga, davlatga sadoqatli edi. Keyingi paytlarda soğligi yaxşi bölmasa ham Senatning hamma majlislarida qatnaşişga harakat qildi, foydam tegsin derdi, – dedi davlat rahbari. 

Ta'ziyaga yiğilganlar prezidentga minnatdorlik bildirgan.