Özbekiston Futbol Federatsiyasining sobiq prezidenti, senator Mirabror Usmonov vafot etdi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.

71 yoşli Mirabror Usmonov 12 mart kuni reanimatsiya bölimiga yotqizildi. U öpka va nafas yöllari bilan boğliq xastalik sabab klinikaga olib kelingandi. Bugun, 15 mart kuni u hayotdan köz yumdi. 

Mirabror Zufaroviç Usmonov 1947 yil 4 iyulda Toşkent şahrida tuğilgan. 1978 yilda Samarqand kooperativ institutini iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 1961 yildan 1967 yilgaça — Toşkent şahridagi «Bahor» restoranida oşpaz, 1970 yilda — Toşkent şahridagi «Guliston» restoranining işlab çiqariş böyiça mudiri, 1970 yildan 1986 yilgaça — «Döstlik» va «Zarafşon» restoranlari direktori, Toşkent şahri restoranlar tresti direktori, 1986 yildan 1990 yilgaça — Toşkent şahar ijroiya qömitasining Umumiy ovqatlaniş boş boşqarmasi boşliği bölib işlagan.

1990 yildan 1992 yilgaça — Özbekiston Respublikasi savdo vaziri, 1992 yildan 1994 yilgaça — «Özbeksavdo» kompaniyasi raisi, 1994 yildan 2005 yilgaça — Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari, 2006 yildan 2017 yilgaça - Özbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti bölgan. 2005 yildan buyon Oliy Majlis Senati a'zosi. 2013 yildan 2017 yilgaça Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi prezidenti sifatida işlagan. 

Mirabror Usmonov 1995 yilda «Mehnat şuhrati» ordeni, 1997 yilda Özbekiston Respublikasi Maqtov yorliği, 2006 yilda «Özbekiston mustaqilligiga 15 yil» esdalik nişoni, 2012 yilda El-yurt hurmati ordeni bilan mukofotlangan. 2017 yilda «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etadi.