«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane tomonidan Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga (3:1) qarshi javob bahsida urilgan gol haftaning eng chiroylisi deb topildi.

Senegallik futbolchi 84-daqiqada darvozaga to‘p kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatgan edi.

UYeFA saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada Mane «Ayaks» yarimhimoyachisi Lasse Sho‘ne, uning jamoadoshi Dushan Tadich va «Barselona» hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi.