Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida amal qiluvçi Şengen viza kabi tizim Markaziy Osiyo mintaqasida “Silk Visa” nomi ostida joriy etiladi. Bu haqda Markaziy Osiyo iqtisodiy forumida axborot berildi. 

Qozoğiston madaniyat va sport vazirligi sanoat va turizm qömitasi raisi örinbosari M.Tölibayevga köra, uşbu vizani amaliyotga kiritiş böyiça texnik tayyorgarlik boşlab yuborilgan. “Silk Visa” bojxona faoliyatini yengillaştiradi, ortiqça navbat kutiş va qoğozbozlikning oldini oladi. 

Forum davomida Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş qömitasi rahbari A.Oqqulov turistik oqimni kuçaytiriş böyiça qator takliflar bilan çiqdi.

“Markaziy Osiyo mintaqasida turizmni rivojlantiriş uçun jamoatçilik bilan aloqalar va marketing tarmoqlari faoliyatini jadallaştiriş kerak. Mintaqadagi turistik hududlar töğrisida jahon hamjamiyatiga töliq ma'lumot yetkaziş juda muhim hisoblanadi. Transport va turistik xizmatlarni körsatişda yagona tizimning yöqligi soha ildamlaşuviga tösiq bölmoqda. Şu maqsadda qöşni respublikalarni özaro hamkorlikka çaqiramiz”, dedi u.

Oqqulov yaqin ikki yil içida Özbekistonning turistik imkoniyatlari ösganligini qöşimça qildi. Unga köra, 64 davlat fuqarolari uçun mamlakat böylab vizasiz tartib joriy etildi. Viza olişning elektron tizimi ham yölga qöyiliş arafasida. Bunda bir martalik viza 20 AQŞ dollari, ikki martalik viza 35 AQŞ dollari va köp martalik viza 50 AQŞ dollariga baholanadi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Qozoğiston bilan hamkorlikda Silk Visa tartibini yölga qöyişi, u 2019 yilning fevral oyidan amalda qöllanilişi xabar qilingandi.