Özbekiston Mudofaa vazirligi sport majmuasida Armiya qöl jangi böyiça şu yil Mustaqil davlatlar hamdöstligiga a'zo davlatlar döstona armiyalarining spartakiadasi doirasida ötkaziladigan armiya qöl jangi çempionatiga saralaş musobaqasi bölib ötdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda barça harbiy okruglar, Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuçlari hamda Toifalangan obektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonliklari, şuningdek, respublikamizdagi oliy harbiy ta'lim muassasalari vakillari özaro bellaşdi.

Musobaqa 7 ta vazn toifasida ötkazildi.

Yakuniy natijalarga köra, Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasi terma jamoasi 3-örinni qölga kiritdi. Ikkinçi poğona esa Markaziy harbiy okrugi jamoasiga nasib etdi. Toşkent harbiy okrugi harbiylari çempionatning mutlaq ğolibiga aylandi.
Ğolib va sovrindorlar diplom, faxriy yorlik hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.


Ötgan yili Mustaqil davlatlar hamdöstligiga a'zo davlatlar döstona armiyalarining spartakiadasi doirasida Toşkentda ötkazilgan Armiya qöl jangi çempionatida Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari umumjamoa hisobida birinçi örinni qölga kiritgan edi. Bu yilgi xalqaro darajadagi musobaqa Qozoğistonda ötkazilişi kutilmoqda.



















