Jahon | 12:15 / 16.03.2019
14577
2 daqiqa o‘qiladi

Penzada O‘zbekiston fuqarosi 7 yilga qamaldi. U o‘z hamyurtini o‘ldirgan

Rossiyaning Penza shahrida O‘zbekistonning 1964 yilda tug‘ilgan fuqarosiga hukm chiqarildi, u hamyurtini o‘ldirganlikda ayblandi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi hududiy boshqarmasi xabar bermoqda

Foto: penza.sledcom.ru

Tergov va sud tomonidan aniqlanishicha, 2018 yil bahorida Penzaga O‘zbekiston Respublikasining ikki fuqarosi ishlash uchun kelgan. Ular shahardagi qurilishlardan birida birga mehnat qilishgan. 2018 yil 2 sentabr kuni ular ishdan so‘ng kafega kirib, spirtli ichimlik iste'mol qilishadi. Uyga qaytgach, erkaklar o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan: jabrlanuvchi ish va ish haqi miqdoridan qoniqmayotgani to‘g‘risida shikoyat qila boshlaydi. Tanishi unga mustaqil ravishda ish qidirishi kerakligini aytgan. Janjal mushtlashuvga aylanib ketadi, uning davomida erkak jabrlanuvchining boshi va ko‘krak qafasiga uch marta zarba bergan, so‘ng bo‘g‘ish usulini qo‘llagan. Shundan keyin tajovuzkor tanishini ko‘chaga chiqarib tashlagan.

Qayd etilishicha, 1970 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan. U asfiksiya (kislorod yetishmasligi natijasida bo‘g‘ilish) tufayli vafot etgan.

Sud hukmi bilan erkak 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi, u jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid