Keniyada eng uzun dandon tişlarga ega filning joni uzildi. F_MU1 laqabi bilan ma'lum bölgan urğoçi fil 60 yoşda bölgan, uning ölimiga qariligi sabab bölgan.

Fil dandon tişi yergaça tegadigan Afrika fillarining oxirgilaridan bittasi bölgan. Ta'kidlanişiça, bunday uzun tişli fillardan bor-yöği 30 tagina qolgan.

Filni suratga olgan britaniyalik fotosuratçi Uill Berrard-Lukas öz vaqtida “Agar fillarning qiroliçasi bölganda, bu unvonga aynan F_MU1 loyiq” deb aytgan.

“Uning dandon tişlari şunçalik uzun bölganki, öz ortidan yerda ikkita jöyak qoldirardi. U hozirda yaşayotgan ötmişni eslatuvçi jonzot kabi edi”, deb ta'kidlab ötgan fotosuratçi.