Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 400dan ortiq mahkumni afv etiş töğrisidagi farmoyişga imzo çekdi. Tegişli hujjat prezident saytida joylaştirildi.
Farmoyişga köra, 399 mahkum ozodlikdan mahrum qiliş körinişidagi jazoning ötalmay qolgan qismidan, 11 kişi şartli qamoq jazosidan, 3 kişi axloq tuzatiş işlaridan, 12 kişi jarima körinişidagi jazodan afv etilgan bölsa, umrbod ozodlikdan mahrum qilingan uç kişining jazosi 25 va 20 yildan ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştirilgan.
Afv etilganlar orasida iqtisodiy jinoyatlar uçun 2007 yilda 11 yilga qamalga sobiq soğliqni saqlaş vaziri Ali Insanov bor. 2016 yilda u giyohvand moddalar saqlaş va hukumat vakiliga qarşilik körsatişda ayblanib yana yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bundan taşqari, afv etilganlar röyxatida qator muxolifatçilar, jumladan Gezel Bayramli va Fuad Gaxramanli, "Nida" yoşlar taşkilotining ikki a'zosi bor.












