Özbek xalqining hammadan ajralib turadigan, özligini körsatadigan öziga xos fazilatlari bisyor. Jumladan, bağrikenglik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, yiqilganni suyaş, bir-biriga madadkor böliş, tozalik-ozodalikka e'tibor beriş, kam ta'minlangan, köngli öksik qalblarning könglini kötarib, ularga mehr ulaşiş kabi tuyğulari qonida bor bu elning – bahor fasli, yangilaniş va yoşariş fasli boşlanişi bilan amalga oşiradigan barça ezgu işlarida yuqorida zikr qilingan tuyğular butun böy-basti bilan öz hayotiy ifodasini topadi, desak mubolağa bölmaydi.


Bahor kelişi bilan tabiat uzoq qiş uyqusidan uyğonib jonlanadi, ösimliklar niş urib çiqadi, yurtimiz va xalqimizning qut-barakasi, tökinligi va farovonligi manbai bölgan ziroat, dehqonçilik işlari boşlanib ketadi.
Ona diyorimizda fasllar kelinçagi bahor kezmoqda, tabiat uyğonmoqda, tabiatdagi yangilaniş yaşariş, ozod va obod vatanimizga navrözi olam kirib kelganidan mujda bermoqda. Ezgulik, muhabbat, xayr-saxovat, şafqat va şafoat ayyomi qalblarga olam-olam surur, yangidan-yangi orzu-havaslar baxş etmoqda. Yurtimizda bu gal ham salmoqli yutuqlari, möl-köl orzulari, ezgu tilaklari bilan Navröz şodiyonalari hukm surmoqda.
Şu kunlarda butun mamlakatimizda bölgani kabi Farğona viloyatida ham bahorgi obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlar jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 mart kungi PQ-3680-sonli qarori ijrosini joylarda ta'minlaş va yurtimizdagi obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga öz hissasini qöşiş maqsadi Farğona viloyati hokimligi va Farğona viloyati maktabgaça ta'lim boşqarmasi taşabbusi bilan viloyatdagi barça 793ta maktabgaça ta'lim muassasalarida «Har maskanda 100 köçat» aksiyasi ötkazildi.


Uşbu tadbir davomida viloyatdagi barça maktabgaça ta'lim muassasalarining böş turgan maydonlari va ta'lim muassasasi joylaşgan mahalla fuqarolari yiğinlari hududida obodonlaştiriş işlari bilan bir qatorda manzarali va mevali daraxtlar ekildi.
















