Çempionlar ligasining çorak finali uçun qur'asi şunday köriniş oldiki, 1 iyun kuni kubok uçun final öyinida Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu bir-biriga qarşi maydonga çiqişi mumkin.
Nimçorak finalning javob uçraşuvlarida Ronaldu «Atletiko» darvozasiga het-trik qilib, jamoasini keyingi bosqiçga olib ötdi, Lionel Messi esa «Lion»ga hukm öqidi, uning ikki goli va ikki golli pasi birinçi öyinda golsiz durang qayd etgan fransuzlarni turnirni yirik mağlubiyat bilan tark etişga majbur qildi.
Kriştianu Ronalduni Turinga YeÇL kubogini yutiş uçun olib kelişgan, Lionel Messi ham ötgan yilning avgustida mavsum uçun asosiy vazifa - «quloqli kubok»ni Kataloniya poytaxtiga qaytariş ekanini aytgandi. Qur'adan keyin ma'lum böldiki, bu ikki yulduzning jamoalari finalga qadar özaro töqnaşmaydi.
10 yil davomida Ronaldu va Messi aqlbovar qilmas öyinlar körsatib, 5 martadan «Oltin töp»ni qölga kiritişdi. «Real» va «Barselona» esa Çempionlar ligasida jami 7 marta ğolib böldi (3 marta kök-anorranglilar, 4 marta «qaymoqranglilar»). Lekin zamonaning bu ikki buyuk futbolçisi YeÇL finalida faqat 1 marta töqnaş kelişgan - 2009 yilning mayidagi finalda hali Kriştianu Ronaldu «MYu» libosida töp surardi. Öşanda ser Aleks Fergyusonning oxirgi yillarini boşdan keçirayotgan mançesterliklar Pep Gvardiola qöli ostida yangi davrni boşlayotgan «Barselona» qarşisida ojiz qolişgandi.
Ötgan yillar davomida ikki futbolçi Ispaniyada klasikolarda köp marta özaro töqnaş kelişdi, ammo ularni katta finallarda bir-biriga qarşi körmadik - na klublar darajasida va na terma jamoalar darajasida (Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogi hisob emas, bu turnirlarga qiziqiş darajasi yuqori emas).
Ronalduning Italiyaga ketişi ikki yulduz atrofidagi bahs-munozaralarni yangi bosqiçga olib çiqdi - endi portugaliyalik futbolçi boşqa bir top-çempionatda ham özini körsatayotgani, argentinalik futbolçi esa özi uçun qulay şaroit hosil qilingan qadrdon jamoasidan taşqariga çiqmasligi haqida gapira boşlaşdi.
Bu mavsumdagi bahslar uçun 1 iyun kuni «Vanda Metropolitano»da bu ikki yulduzning töqnaşuvi öziga xos mantiqiy yakun bölgan bölardi.
Albatta, bunday final barça bahslarga oxirgi nuqtani qöya olmaydi. Lekin futbol dunyosi Ronaldu boşçiligidagi «Yuventus» va Messi boşçiligidagi «Barselona» örtasidagi qarama-qarşilikka guvoh bölişga haqlidir. Buning uçun esa, jamoalar 4tadan uçraşuv ötkazib, kerakli natijalarga erişişi kerak böladi. Raqiblar ham finalga çiqişni istaydi, masalan, «Barselona» yölida dastlab «MYu» çiqadi. Agar bu tösiqdan öta olsa, katalonlarni yarimfinalda «Mançester Siti» va «Tottenhem» juftligi ğolibi kutib turadi.



















