«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu YeÇL 1/8 finalining «Atletiko»ga qarşi javob öyinidagi (3:0) gollaridan birini nişonlaş vaqtidagi xatti-harakatlari uçun UYeFA tomonidan sanksiyaga duç kelişi mumkin.

UYeFA matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, taşkilot portugaliyalik futbolçiga nisbatan intizomiy iş qözğagan. Tegişli qömitaning bu boradagi qarori 21 martda ma'lum qilinadi.

UYeFAning ayni masalaga e'tibor qaratişi haqida OAV avvalroq xabar topgan edi. Matbuotdagi ma'lumotlarga qaraganda, Ronaldu jarimaga tortilişi yoki YeÇLda bir öyindan uçta öyingaça çetlatişi mumkin.

Bu holatda Kriştianu «Ayaks»ga qarşi çorak final öyinlarini ötkazib yuborişga majbur bölişi ehtimoli bor. «Yuve» keça uning iştirokisiz keçgan «Jyenoa»ga qarşi A Seriya bahsida mavsumdagi ilk mağlubiyatini tan olgandi – 0:2.

Eslatib ötamiz, «Atletiko» boş murabbiyi Diyego Simeonega nimçorak finalning ğalaba bilan yakunlangan dastlabki öyinida (2:0) şunga öxşaş harakati uçun 20 ming yevro jarima solingandi.

Turinliklar çorak finalni 10 aprel kuni Amsterdamda boşlab, 16 aprelda öz maydonlarida yakunlaşadi.