Jamiyat | 11:00 / 19.03.2019
8853
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ashxobod sayilgohi Navro‘z bayramini birgalikda nishonlashga taklif qiladi

21-mart kuni Ashxobod sayilgohi barchangizni Navro‘z bayramini birgalikda nishonlashga lutfan taklif etadi.

Ashxobod sayilgohiga fasllar kelinchagi bahor kirib keldi.

Sayilgoh daraxtlari gullab-yashnamoqda, yerlardan esa mayin maysalar bosh ko‘tara boshladi. Ko‘m-ko‘k rangga burkangan Ashxobod sayilgohiga qadam bosar ekansiz, yosharish, yangilanish iforini his qilib, qushlar sayrashini tinglab ko‘nglingiz yayraydi.

Navro‘z ayyomi sharafiga bezatilgan Ashxobod sayilgohi o‘zining go‘zalligi bilan Sizni hayratga soladi. Sayilgohdagi totli sumalak va karnay-surnaylarning quvnoq tovushi esa ko‘nglingizni ko‘tarishi, Sizga bayramona kayfiyat baxsh etishi turgan gap. Alohida aytish lozimki, 21-mart kuni Ashxobod sayilgohida bayramona konsert bo‘lib o‘tadi. Konsertda o‘zbek estrada yulduzlari qatnashadi va sayilgohga tashrif buyurgan muxlislarga, mehmonlarga quvonch baxsh etadi.

Ashxobod sayilgohiga tashrif buyurgan mehmonlar yangi attraksionlardan ham zavq olish imkoniyatiga ega. Ta'kidlash joizki, Toshkent shahrining eng yorqin va jozibador charxpalagi aynan Ashxobod sayilgohida o‘rnatilgan. Ushbu charxpalakda Siz nafaqat sayilgohning, balki butun Toshkent shahrining go‘zal manzaralaridan rohatlanishingiz mumkin.

Ashxobod sayilgohi minglab mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashishga va barchaga shodlik, quvonch baxsh etishga hamisha tayyor. Sayilgohga yaqinlaringiz bilan birgalikda tashrif buyuring va bayramona bezatilgan go‘zal manzaralardan va Navro‘z ayyomidan zavq oling.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun +998 97 738 07 03 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki fb.com/ashxobodsayilgohi rasmiy sahifasiga tashrif buyuring.

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Kichik Halqa avtomobil yo‘li va Maxtumquli ko‘chalari kesishuvida. 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid