Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Qrimni qanday qilib qaytarishini tushuntirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimni qanday qilib qaytarish niyatida ekani haqida gapirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiyaga sanksiyalar bosimini kuchaytirish yordamida yarim orolni «qaytarib olish»ni mo‘ljallamoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat Ukrainaga bu masalada yordam beradi.
Poroshenkoning ta'kidlashicha, Qrim siyosiy-diplomatik yo‘l bilan Ukrainaga «qaytariladi».
Bundan oldin, Poroshenko Qrimni saylovlardan so‘ng qaytarishga va'da bergandi.
«Qrim Ukrainaga qaytariladi. Biz bu imkon qadar qisqa vaqt ichida, prezidentlik saylovlaridan so‘ng yuz berishi uchun qo‘ldan kelgan hamma narsani qilamiz», - deya ma'lum qilgan u.
Mavzuga oid
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
14:39 / 31.05.2026
Ukraina Taganrog portida tanker, ikki samolyot va «Iskander» tizimini yo‘q qildi
11:05 / 31.05.2026