Jamiyat | 15:06 / 19.03.2019
7742
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponlarga bolalarni urish taqiqlanadi

Foto: Yuriko Nakao / Reuters

Yaponiya vazirlar mahkamasi bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlarni ma'qulladi. Bu haqda The Japan Times xabar bermoqda.

Yangilik bolalar bilan munosabatlarda tartib-intizomni ta'minlash maqsadida jiddiy buzilishlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olishi kerak, deb yozadi gazeta. Xususan, gap ota-onalar, vasiylar va ijtimoiy xizmat xodimlariga nojo‘ya ishlari uchun jazo tariqasida bolalarga nisbatan jismoniy kuch qo‘llashni taqiqlash haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, bolalar bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy himoya xizmati xodimlari ota-onalar yoki vasiylar bilan ishlaydiganlardan alohida faoliyat yuritadi.

Kutilishicha, aksariyat o‘zgarishlar 1 aprelga qadar kuchga kiradi. Ular «10 yoshli Mia Kurixara ishi» haqidagi ma'lumotlar sizib chiqqanidan so‘ng muhokama qilina boshlandi. Fevral oyida qizcha Tiba shahridagi o‘z uyi vannaxonasida o‘lik holda topilgan, bu rasmiylar bolaning yomon munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqishdan bosh tortganidan keyin ro‘y bergan. Taxminlarga ko‘ra, uni otasi o‘ldirgan.

Yaponiyada bolalarni tarbiyalash bolaga og‘zaki va ruhiy ta'sir ko‘rsatish, deb ko‘riladi. Yaponiyalik bolalarni ba'zan eng injiq bolalar deb atashadi, sababi ko‘p hollarda ota-onalar qat'iy taqiqlar qo‘ymaydi. Intizom, jamoada ishlash qobiliyati va qoidalarga bo‘ysunishni ular maktabga chiqishi bilanoq o‘rgana boshlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid