Şandun politexnika universitetida (Xitoy) işlovçi Bo Si boşçiligidagi olimlar guruhining xulosasiga köra, haftada bir yoki ikki marta tez yurgan holda sayr qiliş yurak xuruji, insult yoki saraton kasalligidan ölim xavfini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.

Tadqiqotçilar 1997 yildan 2008 yilgaça bölgan davrda töplangan, 88 140 kişining jismoniy faolligi darajasi haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilişdi hamda ularni 2011 yilda vafot etgan köngillilar soni bilan taqqoslaşdi. Şu bilan birga, yuklama turi, şuningdek, ularning davomiyligi hisobga olindi. Natijalar şuni körsatdiki, har hafta 10 daqiqadan bir soatgaça sayr qilgan yoki boğda işlagan kişilarda erta ölim xavfi 18 foizga pasayadi.

Bundan taşqari, hafta davomida 2,5-5 soat davom etadigan örtaça 10 daqiqalik jismoniy maşqlardan iborat seriya ölim xavfini 31 foizga qisqartirgan, haftada 25 soatlik faollik esa bu xavfni ikki barobarga kamaytirgan. Şu bilan birga, olimlarning söziga köra, velosipedda yuriş, yuguriş yoki sport bilan şuğullaniş samaraga erişiş uçun zarur bölgan vaqtni qisqartira oladi.

Bundan oldin, ommabop mahsulotlarning jiddiy xavfi isbotlangandi.