«Pullik avtomobil yöllari töğrisida»gi qonun loyihasida pullik avtoyöllarni loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş va ulardan foydalanişda davlat-xususiy şeriklik salohiyatini faol qöllaş nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.

Pullik yöllar qayerda böladi?

Transportning butun masofa böylab katta va xavfsiz tezlikda harakatlanişi ta'minlangan holda yuqori sifatli ötiş yöllarigina pullik böladi. 

Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy hokimiyat organlari avtomobil yölidan pullik asosda foydalaniş töğrisida qaror qabul qiladi. Biroq muqobil variant: möljallanayotgan pullik yöl bilan tutaşadigan, aholi punktlari örtasida umumiy foydalanişdagi mavjud yöl tarmoği böylab bepul ötiş yöli bölişi şart. Bunday muqobil yöllar pullik yöllardan köpi bilan uç baravar uzun bölmasligi kerak. Quyidagilar bundan mustasno:

• pullik yölning 50%idan ortiq masofasini köpriklar, tunnellar va köprik yöllar taşkil etadigan;

• yangi pullik yöl qurilişi çöl tumanlarda va unga tenglaştirilgan joylarda (röyxatini hukumat tasdiqlaydi) amalga oşiriladigan.

Tegişli qarorda yoki DXŞ töğrisidagi bitimda körsatilgan muddat tugagaç, pullik yöldan foydalaniş töxtatiladi. 

Loyihada quyidagi hollarda pullik yöldan muayyan muddat foydalaniş töxtatib turilişi mumkinligi nazarda tutilgan:

• muqobil bepul ötiş imkonidan foydalanişga tösqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganda;

• harbiy, favqulodda holatlar yuz berganda, şuningdek tabiiy yoki texnogen tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelganda.

Kim quradi?

Pullik yöllar respublika budjeti va mahalliy hokimiyat organlari budjetlarining mablağlari, pullik avtomobil yöllari sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan jalb etilgan mablağlar, jismoniy va yuridik şaxslarning şaxsiy va (yoki) qarz mablağlari hisobidan yoki DXŞ töğrisidagi bitimlar asosida barpo etilişi mumkin. 

Qonun loyihasida nazarda tutilişiça, pullik yöllarni loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş va ulardan foydalaniş (ekspluatatsiya qiliş) DXŞ töğrisidagi bitimlar asosida amalga oşirilişi mumkin. Quyidagilarga davlat şerigi sifatida çiqiş huquqini beriş taklif etilmoqda: