6 yoşli çeçenistonlik Rahim Kuriyev navbatdagi rekordini örnatdi. U bu galgi rekordida bruslarga qöllarda tayangan holda gavdani 330 marta tuşirib-kötara olgan.
Bu yangi jahon rekordi bölib, Rossiya rekordlar kitobiga kiritildi. Uni şu munosabat bilan Grozniyga ataylab uçib kelgan naşrning boş muharriri Stanislav Konenko qayd qilgan.
Rahim 2018 yil noyabrda 5 yoşida yerga qöllarda tayangan holda gavdani tuşirib-kötariş maşqi böyiça rekord örnatgandi. U 2,5 soat davomida, tanaffus qilmay gavdani 4105 marta tuşirib-kötara olgan. Öşanda bolakay öz rekordini Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovga bağişlagan.
Qodirov öz navbatida sportdagi yutuqlar uçun Rahimning otasiga Mercedes avtomobilini, bolakayga esa “Çeçenistonning faxriy fuqarosi” unvonini bergan.
Bolaning otasi va murabbiyi Zelim Kuriyevning aytişiça, öğli sportga ilk qadamlarini taşlagan paytlaridayoq qiziqa boşlagan va 3 yoşida 100 marta qöllarga tayangan holda gavdani tuşirib-kötara olgan. Keyinroq Rahim maxsus dastur yordamida uydagi sportzalda maşq qila boşlagan.












