Bugundan Yevro-2020 saralaşi start oladi, unda UYeFAga a'zo 55ta mamlakat terma jamoalari 24ta yöllanma uçun bahslarga kirişadi.
XVI Yevropa çempionati qit'aning 12ta davlati hududida bölib ötişi tufayli heç qaysi jamoa mezbon sifatida saralaşdan ozod etilmagan. Guruh bosqiçida 55ta iştirokçi 10ta guruhga bölingan holda uy-safar tizimida kuraş olib borişadi. Guruhlarning yarmida beştadan, qolgan yarmida oltitadan terma jamoa örin olgan.

10ta guruhda 1-2-örin egalari – jami 20ta terma jamoa töğridan töğri final bosqiçiga yöl oladi. 2020 yil mart oyida qolgan 4ta yöllanma sohibini aniqlaş uçun pley-off bahslari bölib ötadi. Pley-off iştirokçilari, avvalgi saralaş turnirlaridan farqli ölaroq, guruh bosqiçida körsatgan natijalari böyiça emas, balki Millatlar ligasida qayd etilgan körsatkiçlar hisobiga aniqlanadi.
Pley-offda 16ta terma jamoa iştirok etadi va unda törtta yöllanma uçun törtta alohida mini-turnir taşkil etiladi. Jamoalarni aniqlaşda Millatlar ligasidagi törtta liga (A, B, C, D) asos qilib olinadi, bunda har bir divizionning törttadan guruhi ğoliblariga ustunlik beriladi. Agar Millatlar ligasida öz guruhi ğolibi bölgan jamoa Yevropa çempionati saralaşidagi guruh bosqiçi orqali yöllanmani qölga kiritib ulgurgan bölsa, uning örniga keyingi örindagi terma pley-offda iştirok etadi.

Har bir ötiş turniri yarim final bahlari va final öyinidan iborat böladi, finalda ğolib çiqqan jamoalar Yevro-2020 yöllanmasini qölga kiritişadi. Yarim finallar faqat bitta öyindan iborat böladi. Uşbu törtta ötiş musobaqasi parallel ravişda 2020 yil mart oyida bölib ötadi.
YeVRO-2020 SARALAŞI
«A» guruhi, 22 mart
Bolgariya – Çernogoriya
Angliya – Çexiya (00:45)
25 mart
Kosovo – Bolgariya
Qoratoğ – Angliya (00:45)
«B» guruhi, 22 mart
Lyuksemburg – Litva
Portugaliya – Ukraina (00:45)
25 mart












