Rossiya Davlat statistika federal xizmati ma'lumotlariga köra, eng kam iş haftasi Oltoy Respublikasida bölib, u örtaça 32,9 soatni taşkil etadi. Bu haqda RT xabar berdi.

Kareliya (33,4) eng «dangasa» mintaqalar orasida ikkinçi örinni, Komi Respublikasi (34,1) uçinçi örinni egalladi.

Şu bilan birga, Sevastopol aholisi eng köp işlaydi - haftasiga örtaça 39 soat. Şuningdek, Qalmoğiston (38,8), Voronej (38,8) va Yahudiylar muxtor viloyatida (38,8) ham uzoq iş haftasi kuzatiladi.
 
Qayd etilişiça, erkaklar ayollardan köra köproq mehnat qiladi - haftasiga örtaça 35,4 soatga qarşi 38,7 soat.

Bundan oldin, Rossiyaning iqtisodiy ösişi uydirma ekani ma'lum bölgandi.

Rosstat Rossiyada sanoatning ösiş sur'atlari deyarli ikki yillik rekord darajaga yetgani haqida xabar berdi - uning ma'lumotlariga köra, sanoat korxonalari işlab çiqarişi 2019 yil yanvar oyidagi 1 foizdan fevral oyidagi 4,1 foizgaça tezlaşgan. Rosstat hisob-kitoblari iqtisodçilarni hayratga soldi, sababi ötgan uç oy içida iqtisodiyotda sanoat işlab çiqariş sur'atining pasayişi kuzatilgandi, deb yozmoqda «Kommersant'» gazetasi.