Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoyişiga köra, Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi qöşinlari qömondoni örinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Zokirjon Erkinboyeviç Sayfudinov Toşkent harbiy okrugi qöşinlari qömondoni lavozimiga tayinlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, uning örniga okrug qöşinlari qömondoni örinbosari etib polkovnik Qodirjon Abdupattayeviç Tursunov tayinlandi. Polkovnik Qodirjon Tursunov bundan oldin Toşkent harbiy okrugiga qaraşli harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelgan.

Eslatib ötamiz, Prezident farmoniga binoan joriy yilning fevral oyida Toşkent harbiy okrugi qöşinlari qömondoni lavozimida xizmat qilib kelgan general-mayor Bahodir Qurbonov Özbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangandi.
Şimoli-ğarbiy harbiy okrugi qöşinlari qömondoni boşqa işga ötkazildi











