Rossiya OAVda Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlariga qarşi Saxa Respublikasida mitinglar bölib ötayotgani haqida ma'lumot tarqaldi. Bunga zörlaş holati sabab bölgan, Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi unda Qirğizistondan kelgan migrantni aybladi.
Uşbu hodisa yuzasidan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida favqulodda işçi guruhi tuzildi.
Bugungi kunga kelib Saxa Respublikasida, olingan ma'lumotlarga köra, Özbekistonning 11 250 nafar fuqarosi mehnat faoliyatini olib bormoqda. Vazirlik xodimlari Yoqutistondagi özbek diasporasining vakili Toşpölat Yodgorov bilan boğlanişdi. Taqdim etilgan ma'lumotga qaraganda, bugungi kunda vaziyat öta keskin emas, özbekistonliklar hayoti va soğliğiga heç qanday xavf yöq. Şunga qaramay, diaspora vakili ehtiyotkorlikni yöqotmaslikka va ehtiyoj bölmagan paytda odamlar köp töplanuvçi joylarga bormaslikka çaqirgan.
Şuningdek, vaziyat Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakili nazorati ostida. Uning xabariga köra, Saxa Respublikasida vaziyat barqarorlaşgan.
Saxa Respublikasida işlayotgan özbekistonliklarning huquqlarini himoya qiliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moskvadagi «qaynoq liniya»ga - +7 (903) 507-76-67 yoki Toşkent şahriga - +998 (71) 200-06-00, murojaat qilişni söragan.

















