Walt Disney kompaniyasi 21st Century Fox’ning Fox 2000 nomli bölinmasini yopişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Variety xabar berdi.
Bu 21st Century Fox aktivlarini 71,3 milliard dollarga sotib olinganidan keyingi birinçi qaror böldi. Disney hozirda Fox 2000’ning işlab çiqarişda bölgan barça loyihalarini yakunlamoqçi. Deadline xabariga köra, 2019 yil sentabr oyida «Oynadagi ayol» nomli filmning jahon premerasidan söng studiya yopiladi.
Studiya rahbari Elizabet Gabler va uning jamoasi Disney’ga ötib ketişi hozirça noaniq bölib turibdi. 21 mart kuni, kompaniya yangi egasining qarori haqida xodimlarga xabar berilganida, ulardan heç biri işdan böşatilmagan.
Fox 2000 studiyasi 1999 yilda taşkil etilgan. U «Iblis Prada kiyadi», «Pi hayoti», «Yaşirin şakllar», «Böş odam kundaligi» kabi filmlarni çiqargan.












