Facebook ijtimoiy tarmoği ma'muriyati foydalanuvçilar akkauntlari parollarining bir qismi himoyalanmagan holda saqlanganini tan oldi.
“Yanvarda xavfsizlikni tekşiriş doirasida foydalanuvçilarning ba'zi parollari ma'lumotlarni saqlaş içki tizimlarimizda öqisa böladigan formatda saqlanganini aniqlaganmiz. Bu e'tiborimizni tortdi, çunki tizimga kiriş uçun tizimlarimiz parollarni öqib bölmaydigan qilib şifrlaşga loyihalangan”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanişiça, uşbu muammo ijtimoiy tarmoqning yuz millionlab va Instagram xizmatining ön minglab foydalanuvçilariga ta'sir qilgan bölişi mumkin.
Kompaniyada parollar ijtimoiy tarmoqdan taşqarida u-bu kimga körinmaganiga işontirişgan hamda akkauntlar noqonuniy kirişga uçragani izlari aniqlanmagani ta'kidlab ötilgan.
Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda muammo bartaraf etilgan va ijtimoiy tarmoq ma'muriyati ehtiyot çorasi sifatida parollari nomaqbul holatda saqlangan barça foydalanuvçilarga xabar berilişini aytgan.













