Peterburgdagi sud terroristik faoliyatga kömak körsatişda ayblangan Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölgan ayol kişiga nisbatan jinoiy işni körib çiqadi. Bu haqda Tergov qömitasining mintaqa böyiça Boş tergov boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tergov versiyasiga köra, 2016 yil iyunidan 2017 yil oktyabriga qadar Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvçi 39 yoşli ayol bankdagi öz şaxsiy hisobidan Turkiya va Ozarboyjonga pul jönatgan, ular terroristik faoliyatni amalga oşiriş uçun möljallangan bölgan. U turli şaxslar, jumladan, IŞID a'zolaridan mablağ olgan. Jami yarim million rubldan ortiq (7,8 ming dollar) pul jönatilgan.

Peterburgda ayblanuvçi 2007 yildan buyon yaşaydi, «Piterlend» savdo markazida ma'mur bölib işlagan. Jinoyat işi asosiy masala böyiça körib çiqilişi uçun sudga taqdim etildi.