«Napoli»ning sobiq sport direktori Perpaolo Marinoning aytişiça, «Yuventus» boş murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakunida klubdan ketişga qaror qilgan.
«Allegri «Yuventus»da qolmaydi. Bu – uning tanlovi, u oldinga qarab intilmoqçi.
Turindagilar Allegri örniga Deşamni tanlab bölişgan», – dedi Marino Tuttosport’ga bergan intervyusida.
Ma'lumot uçun, Fransiya terma jamoasining amaldagi boş murabbiyi Dide Deşam uçun «Yuve» begona emas. U 2006/07 mavsumida «byankoneri»ni B Seriyadan A Seriyaga olib çiqqan, ammo keyin transfer siyosati masalasida rahbariyat bilan kelişa olmay, klubni tark etgandi.
Avvalroq «Yuventus» Allegri örniga Zinedin Zidanni taklif qilmoqçi ekani haqida ma'lumot bölgan, ammo fransiyalik murabbiy «Real»ga qaytişni afzal bilgandi.

















