Qozoğistonning yangi prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mamlakat poytaxti Ostonani Nur-Sulton deya qayta nomlaş töğrisidagi farmonini imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Qozoğiston Respublikasi poytaxti Ostona şahri — Qozoğiston Respublikasi poytaxti Nur-Sulton deya qayta nomlansin», — deyilgan farmon matnida.

Farmon e'lon qilinganidan boşlab kuçga kirgan.

U bugunning özida Qozoğiston Konstitutsiyasiga özgariş kiritiş haqidagi qonunga ham imzo çekkan (Qozoğiston boş qomusining 2-moddasida mamlakat poytaxti Ostona şahri ekanligi qayd qilingandi, poytaxt nomini özgartiriş uçun Konstitutsiyaga özgariş kiritiş talab etilardi).

Ostona nomini mamlakatning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev şarafiga qayta nomlaş taşabbusi 20 mart kuni yangi prezident Töqayev tomonidan bildirilgandi. U şuningdek, birinçi prezident nomini abadiylaştiriş maqsadida şaharlardagi markaziy köçalarga ham Nursulton Nazarboyev nomini berişni taklif qilgandi.

Parlament öşa kuni qöşma yiğilişda mamlakat konstitutsiyasiga tegişli özgartirişlarni qabul qildi.

Qayd etiş joizki, Qozoğiston qonunlari Töqayevga Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş taklifini ilgari suriş imkonini bermasdi. Şunga qaramay, Ostonani qayta nomlaş uçun referendumning örnini parlamentdagi ovoz beriş bilan töldirişni nazarda tutuvçi köp yurişli kombinatsiyadan foydalanildi.

Bu özgarişlar jamoatçilik noroziligini keltirib çiqardi. 20 mart kuni gopetition.com saytida poytaxtni Nazarboyev şarafiga qayta nomlamaslik talab qilingan petitsiya e'lon qilindi.

21-22 mart kunlari Ostona va Olma-otada poytaxt nomi özgartirilişiga qarşi mitinglar ötkazildi. Guvohlarning ma'lumotlariga köra, Ostonada huquq-tartibot organlari xodimlari 60 kişini qölga olişgan, Olma-otada esa 20 nafarga yaqin kişi uşlangan. Politsiya departamenti esa bu şaharlardagi mitinglar böyiça rasmiy ma'lumot bermadi va odamlar qölga olingani haqidagi xabarlarni izohlamadi.

Ma'lumot uçun, Ostona örnidagi posyolkaga 1830 yilda asos solingan bölib, u dastlab Akmolinsk deb atalgan. 1961 yilda esa bu hudud Tselinograd nomini olgan. 1992-1998 yillarda şahar nomi Oqmola deb atalgan. 1997 yilda Nursulton Nazarboyev poytaxtni Olma-otadan Oqmolaga köçirgan, bir yil ötib şaharga Ostona (qozoq tilida poytaxt) nomi berilgan.