Iş kuni davomida neça soat ötirişimiz va qança vaqt turişimiz kerak? Bu savolga köplab olimlar javob berişga harakat qilişmoqda. Çunki ötiriş holatidagi turmuş tarzi hamma joyda kuzatiladigan holat bölib, u soğliqdagi jiddiy muammolarga sabab böladi.

Foto: Layfxaker

Jismoniy faollikning yetişmasligi yoki umuman mavjud emasligi, şu jumladan bir joyda uzoq vaqt ötiriş saraton va qandli diabetdan tortib, yurak qon-tomirlari kasalliklari, jigarning alkogol bilan boğliq bölmagan önlab surunkali kasalliklari rivojlanişi xavfini oşiradi. Ergonomika mutaxassislari ogohlantiradi: bir joyda juda uzoq vaqt turiş kerak emas, çunki bu soğliqqa salbiy ta'sir qiladi, vena tomirlarining varikoz kengayişi, bel va oyoqdagi oğriqlar, uyqu arteriyasi kasalliklari xavfini orttiradi.

Yeçim – kun davomida faoliyatlar turini özgartiriş. Kun davomida faqat ötiriş va turiş birdek yomon.

Alan Xeydj, Kornell universitetining ergonomika professori

Ofisda işlaş vaqtida har yarim soatda 20 daqiqa ötiriş, sakkiz daqiqa turiş, qolgan vaqtda esa yuriş va çöziliş maşqlarini bajariş lozim, deya tavsiya qiladi professor Xeyj. Agar 10 daqiqadan köproq turilsa, odam bukçayişni boşlaydi, bu esa bel va tayanç-harakat apparati bilan boğliq muammolarga sabab böladi.