27 mart – Xalqaro teatr kuni. Şu munosabat bilan joriy yilning 21 martidan 27 mart kuniga qadar Özbekistonning barça teatrlarida bepul tomoşalar boşlandi.

Teatr bu - hayot közgusi, muqaddas dargoh. Özbek teatr asosçilaridan biri Maxmudxöja Behbudiy ta'biri bilan aytganda, teatr - ibratxonadir.

1961 yili teatr san'atining xalqaro tinçlik va birdamlik işiga katta hissa qöşişini e'tiborga olgan holda YuNeSKO huzuridagi Xalqaro teatr institutining IX kongressida «27 mart – Xalqaro teatr kuni» deb e'lon qilingan. Bugun Özbekistonda prezident taşabbusi bilan madaniyat va san'at, xususan teatrni rivojlantirişga e'tibor qaratilyapti. Şu ma'noda, prezidentning 2018 yil 28 noyabrdagi «Özbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi PQ-4038-sonli qaroriga muvofiq, teatr kuni oldidan bir hafta davomida barça teatrlarda «oçiq eşiklar» kunlari ötkaziş, har bir tomoşabinni kutilgan mehmon sifatida qarşilaş hamda ijodkorlar bilan tomoşabinlarning jonli suhbatlarini taşkil qiliş belgilangan.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida boşlangan haftalikning oçiliş marosimi Navröz ayyomi bilan uyğunlaşib ketdi. Teatr hovlisi bayramona, turli spektakllar dekoratsiyalari, turfa rangli harir pardalar bilan bezatildi.

Jizzaxliklar va şahar mehmonlarini karnay-surnay sadolari teatrga çorladi. Kattayu-kiçik mehmonlarni teatrning barça artistlari har xil spektakllardagi qahramonlar obrazlarida kutib olişdi.

«Ta'kidlaş joizki, mustaqil vatanimiz san'ati tarixida özining 98 yillik tarixiga ega bölgan Jizzax viloyat musiqali drama teatrining ham alohida örni bor. Bu uluğ dargohda köplab uluğ artistlar faoliyat körsatişgan. Jumladan, marhum san'atkorlar - Özbekiston xalq artistlari Husan Amirqulov, Xosiyat Azimova, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artistlar Ğofir Hamidullayev, Ğolib Yöldoşev, Ikrom Tursunov, Mavjuda Rahmatova va boşqa yetakçi aktyorlar özbek teatr san'ati rivojiga munosib hissa qöşişgan. Bugungi kunda mazkur teatrda ustoz san'atkorlar bilan bir qatorda yoş umidli aktyorlarimiz ham samarali ijod qilib kelişmoqda. Biz oldimizga qöyilgan eng muhim vazifani bajara oldik deb öylayman. Bugun teatr öz tomoşabinlarini qaytara oldi. Quvonarlisi şuki, teatr tomoşalariga, qöyilayotgan spektakllarga yoşlarimiz taşrif buyurmoqda. Teatr haftaligiga alohida tayyorgarlik kördik, foyeda taşkil etilgan spektakllar dekoratsiyalari va liboslari, teatr tarixidan söylaguvçi muzey eskponatlari, kitoblar körgazmalari fikrimga isbot böla oladi», – deydi Jizzax viloyati musiqali drama teatri rahbari Nodira Alimova.