Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali qanday hollarda yer uçastkalari auksionsiz ajratilişi haqida ma'lumot berdi.
Qonunçilikka muvofiq quyidagi fuqarolarga uy-joy quriş uçun yer uçastkalari auksionsiz ajratiladi:
- halok bölgan harbiy xizmatçilar oilalariga;
- davlat va xususiy uy-joy fondidagi özlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga ötkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga.
Uşbu toifaga kirmaydigan fuqarolar uy-joy quriş uçun yer uçastkasini elektron auksion (e-auksion.uz) orqali sotib olişi mumkin.
Yer uçastkasini beriş böyiça imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boşqa a'zolariga tatbiq etilmaydi.
Yer uçastkasini auksionsiz oliş uçun tuman (şahar) hokimligiga ariza beriş kerak.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- doimiy yaşaş joyi böyiça uy-joy kadastr hujjati nusxasi (mavjud bölgan taqdirda);
- yuqorida körsatib ötilgan fuqarolar toifalarining birortasiga mansublikni tasdiqlovçi hujjat.
Ariza maxsus komissiya tomonidan ön kunda körib çiqiladi.
Komissiya ijobiy xulosa çiqarsa, hokim yer uçastkasi beriş haqida bir kunda qaror qabul qiladi hamda uç kunda yer uçastkasi çegaralari ölçab beriladi.
Agar fuqaroning yerni auksionsiz olişga haqqi bölib, böş yer uçastkalari mavjud bölmagan holatlarda, u elektron navbatga kiritiladi. Bunda, navbatni internet orqali kuzatib boriş imkoniyati yaratilişi lozim.
Navbat tartibida yer uçastkalarini olişga ehtiyojmand fuqarolar röyxati tuman (şahar) hokimi tomonidan har olti oyda kamida bir marta tasdiqlanadi.











