Birlaşgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA Boş vaziri örinbosari, Prezident işlari böyiça vazir Şayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi.​

Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati bölib ötdi. Unda oliy darajadagi uçraşuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar körib çiqildi. 

Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev ertaga Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlaşgan Arab Amirliklari Qurolli kuçlari Oliy boş qömondoni örinbosari Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara ötkazadi.​​

Şuningdek, prezident BAA vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan uçraşişi kutilmoqda. 

Taşrif davomida köp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilinadi. Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiladi. 

Taşrif yakunida Özbekiston Respublikasi va BAA örtasida Qöşma bayonotni qabul qiliş, investitsiyalar, moliya, qayta tiklanadigan energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantiriş, qişloq xöjaligi, bojxona ma'muriyatçiligi, mehnat resurslari, madaniyat va boşqa sohalardagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş közda tutilgan.