AQŞ boş prokurori Uilyam Barr kongressga Donald Tramp saylovoldi ştabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari böyiça suriştiruv olib borgan maxsus prokuror Robert Myullerning hisobotini taqdim etdi.  

Robert Myuller
Foto: AP Photo/J. Scott Applewhite

«Suriştiruv Tramp kampaniyasi iştirokçilari yoki u bilan aloqador şaxslarning 2016 yilgi AQŞ prezidenti saylovlariga ta'sir körsatiş uçun Rossiya bilan til biriktirgani yoki aloqa qilganini aniqlamadi», — dedi Barr kongressmenlarga.

Hujjatda aytilişiça, AQŞ maxsus prokurori Rossiyaning saylovlarga aralaşuvi holatlarini aniqlagan. Gap Internet-tadqiqotlar agentligi («trollar fabrikasi») haqida bormoqda. Myullerning hisoblaşiça, agentlik saylovlar natijasiga ta'sir körsatiş uçun ijtimoiy tarmoqlarda yolğon ma'lumotlar tarqatgan. Ammo agentlik va Trampning saylovoldi kampaniyasi örtasida aloqa borligi aniqlanmagan. 

Şu bilan birga Myuller Xillari Klintonning elektron poçtasi Rossiya bilan aloqador xakerlar tomonidan buzilgan degan xulosaga kelgan. Biroq maxsus prokuror ular va Tramp jamoasi örtasida boğliqlik topmagan.

AQŞda Trampning 2016 yilgi prezident saylovlarida Rossiya bilan hamkorlik qilgani haqida ayblovlar yangragan, Rossiya prezident saylovlariga ta'sir körsatişda ayblangan. Ammo Tramp ham, Kreml ham bu ayblovlarni rad etgan.