O‘zbekistonning o‘spirinlar jamoasi maydon egalariga 4:6 hisobida mag‘lub bo‘lib, sharafli ikkinchi o‘rinni egallashdi. “Binokor” xokkey klubi saytida shu haqida xabar berildi

Bundan oldin, 26 mart kuni “Binokor” XK AQShning “Select” XK bilan kechgan o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Shu tariqa jamoa finalga yo‘llanma olgandi. 

“Biz Sizlar bilan faxrlanamiz, yosh xokkeychilarimiz!”, - deyiladi klub saytida. 

Foto: xc-binokor.uz