Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qişki sport turlarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Toşkent şahar hokimligining qişki sport turlari böyiça Özbekiston milliy terma jamoalari uçun respublika va xalqaro sport musobaqalarga munosib tayyorgarlik körişini ta'minlaşga qaratilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratiş maqsadida Toşkent şahar hokimligi tasarrufidagi Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, Çimyon qişloğida joylaşgan “Oromgoh” DUKning ikkita dor yöli hamda çanğida uçiş trassasini Sportning qişki va murakkab texnik turlari böyiça Respublika oliy sport mahorati maktabiga operativ boşqaruv huquqi bilan bepul beriş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Özbekiston yoşlar ittifoqining yoşlar örtasida qişki sport turlarini yanada rivojlantiriş va ommaviylaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Toşkent viloyati, Böstonliq tumanida joylaşgan “Sertifikatsiyalaş va kompyuterlaştiriş markazi” davlat korxonasining “Beldirsoy” sport bazasida Yoşlar ittifoqini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan yengil konstruksiyali bino va inşootlar barpo etiş, yöl-transport infratuzilmasini yaxşilaş, xalqaro va respublika nufuzdagi musobaqalarni ötkaziş uçun zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan beğaraz ta'minlaş böyiça taklifiga rozilik beriladi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Qişki va murakkab texnik sport turlari böyiça Respublika oliy sport mahorati maktabi balansidagi Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, Çimyon qişloğida joylaşgan “Paxtakor” sport bazasi, unga tutaş bölgan ikkita dor yöli hamda çanğida uçiş trassasini rekonstruksiya qiliş, şuningdek Toşkent şahar, Olmazor tumani, Muxbir köçasi, 12-uyda xalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydon quriş hamda zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta'minlaş böyiça tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq zarur bölgan kapital qöyilma limiti ajratilişini 2020 yil Özbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini şakllantirişda nazarda tutadi.
Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 öquv yilidan boşlab:
Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qişki sport turlari böyiça kafedra taşkil qiladi;












