Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
23 yoshli Nargiza Nurdinbayeva Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani, Istiqlol mahallasidagi Ziyokor ko‘chasida yashaydi. O‘tgan 2018 yili Namangan Davlat Universitetini bitirgan qiz o‘z qishlog‘i ta'lim muassasasida bir oygina ishlay oldi.
“Onajon maktabda tobim qochib qoldi”, deya ishdan kelgan qiz birdaniga yotib qolgan. Otasi Muhammadjon aka va onasi Azizaxon opa jigarbandini avval tuman so‘ng viloyat nefrologiya bo‘limlarida davolatdilar.
Vrachlarning Nargizaga qo‘ygan tashxisi qo‘rqinchli edi – ikki tomonlama buyrak yetishmovchiligi. Xalq tili bilan aytganda – buyraklar ishdan chiqqan. Tibbiyot tili bilan aytganda uning tashxisi - surunkali glomerulonefrit aralash turi, faol davri.

Durkun qizning ahvoli kundan-kunga og‘irlashib boraverdi. Ayni paytga kelib esa haftasiga dializ olmasa bo‘lmaydigan holga kelib qolgan.
“Nargiza beshinchi sinfdan o‘qituvchi bo‘laman deb orzulagan, uyni kitobga to‘ldirgandi. Oliy o‘quv yurtiga o‘z bilimi bilan kirgan qizim o‘qishni bitirib, endigina ish boshlaganida juda xursand bo‘lganmiz. Biroq unga ilashgan og‘ir dard hozir yengishga harakat qilyapti. Xudo xohlasa, unday bo‘lmaydi. Toshkentdagi Vohidov nomli shifoxonada tekshirishdi, uni buyrak alishtirish yo‘li bilan davolash mumkin ekan. O‘zim donorlik qiladigan bo‘ldim. “Qizim yashashi, orzulariga erishishi kerak”, degan fikr qalbimga o‘rnashgan. Yaxshilar ko‘magiga juda-juda muhtojmiz”, deydi onasi Azizaxon opa.

Nargiza og‘ir bemor, kecha-yu kunduz og‘riqlar iskanjasida yashaydi. Uyqu o‘rniga sanchiqlar va dard bilan olishib kun o‘tkazayotgan bo‘lsa-da ruhiyatida so‘niklik emas, ishonchni ko‘rdik.
Ona hamshira, ota elektrik. Uch farzand. Nargizaning ukasi oliy o‘quv yurtida shartnoma asosida o‘qiydi. Davolatishga ketayotgan mablag‘ oilaning bor-budini yemirib bo‘lgan. Jarrohlik operatsiyasi uchun esa, 60 million so‘m mablag‘ zarur.
Azizaxon opa ko‘zida yosh bilan so‘zlaydi: “Nargiza, KUN.UZ muxbirlarini xayriyaga kelishlarini eshitgan kunidan betoqatlik bilan sizlarni kuta boshladi. “Onajon, albatta meni qutqarasizlar-a?”deydi. Bor umidimiz yaxshi insonlardan”.
Xayriya maqolamizni o‘qigan insonlar doim bemorlarni qo‘llab kelmoqda. Shu paytgacha, noumid bo‘lmagan og‘ir holdagi kasallar ham ehsonli kishilar ko‘magida niyatlariga yetishdi.
O‘ylaymizki, o‘qib, bo‘yi yetib, jamiyat rivoji uchun hissa qo‘shishni niyat va orzu qilgan Nargiza ham ezgu niyat bilan yordam bergan kishilar yordami bilan yana sog‘ayib, ota-onasining ko‘zini quvnatadi.
Ehsonli kishilar ushbu maqolamizni bee'tibor qoldirmaydilar degan umiddamiz...
Nurdinbaeva Nargizaxon nomiga ochilgan karta
Click/PayMe: 8600 0423 8538 5736 (Agrobank)
MFO: 00241
INN: 200096209
Naqd pul to‘lovlari uchun: 22618000199100029500
Pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlar uchun: 23120000900000241001
Bemor Nargizaxonning onasi Yakubbaeva Azizaxonning telefon raqami: +998 97 253 03 69, otasi Muhammadjon Shodmonov tel raqami: +99897 370 63 31
Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma'lumotlari: Yakubbaeva Azizaxon Xoshimjanovna Pasport raqami: AA 1417666
Elmurod Ermatov tayyorladi
Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!
Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.











