Professional boksda faoliyat olib borayotgan boksçi Şahram Ğiyosov 26 aprel kuni özining navbatdagi jangini ötkazişi haqida xabar berilgan edi. Ayni paytga kelib, uning uşbu jangdagi raqibi aniq böldi.
Uning navbatdagi raqibi amerikalik Emmanuel Teylor böladi. Mazkur bahs 10 raundga möljallangan bölib, Ğiyosov bu jangda interkontinental kamari uçun ringga kötariladi. Bölajak boks keçasi AQŞning Los-Anjyeles şahrida bölib ötişi belgilangan.
GoSport.uz xabariga köra, mazkur jang WBA Intercontinental çempionlik kamari uçun bölib ötadi va 10 raundga möljallangan böladi. Töqnaşuv Kaliforniya ştatining Inglvud şahrida joylaşgan maşhur kazino markazi Forum saroyida bölib ötadi.
Ma'lumot uçun Teylor professional boksda nomdor boksçilardan biri bölib, öz vaqtida WBA International kamari uçun maşhur Edriyen Bronerga (33-4-1, 24 KO) qarşi 10 raundlik jangda iştirok etib oçkolar böyiça imkoniyatni boy bergan. Şuningdek, Kris Algiyeri (23-3, 8 KO) Antonio Orosko (27-1, 17 KO) kabi maşhur boksçilarga qarşi ringga çiqqan.
Teylorning eng asosiy jangi esa sönggi jangi bölib qolmoqda. 2017 yilning 5 may kuni u Lukas Martin Mattisga (39-5, 36 KO) WBA Inter-Continental va WBO International çempionlik kamarlari uçun ringga çiqib, texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy bergandi. Oradan qariyb ikki yil vaqt ötib u yana ringga qaytmoqda.
Eslatib ötamiz, mazkur boks oqşomining markaziy jangida ikkinçi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasining WBA çempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) kamarlarni birlaştiruvçi jangda iştirok etadi. Bundan taşqari ularning bölajak raqibi Murodjon Ahmadaliyev (5-0, 4 KO) ham ringga kötarilişi közda tutilgan.
Inglvudda bölib ötadigan mazkur boks oqşomi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn va Thompson Boxing Promotions kompaniyasi rahbari Ken Tompson tomonidan taşkil qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, sönggi marta Şahram Ğiyosov 23 fevral (Toşkent vaqti bilan 24 fevral) kuni Meksikada mahalliy boksçi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beşinçi raundda texnik nokaut evaziga mağlubiyatga uçratgandi.












