«Barselona» hujumçisi Lionel Messi faoliyati davomida urgan gollari orasidan qaysi birini eng çiroyli deb hisoblaşini aytdi.

«Eng yaxşi golimni Çempionlar ligasi yarimfinalida «Real»ga urgandim», – degan Leodan iqtibos keltirmoqda El Chiringuito.

Argentinalik sardor 2010/11 mavsumida YeÇLning 1/2 finali doirasida «Real»ga qarşi ilk uçraşuvda (2:0) ikkala golga ham mualliflik qilgandi. Öşanda Barselonada ötgan javob bahsida durang (1:1) qayd etilgan, «kök-anorranglilar» Londondagi finalda «Mançester Yunayted»ni yengib (3:1), boş sovrinni qölga kiritişgandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq sörovnoma asosida «Barselona» tarixidagi eng çiroyli gol aniqlangandi. Unda Messining Ispaniya kubogi 2006/07 mavsumining yarimfinalida «Xetafe» darvozasiga kiritgan töpi şunday e'tirofga loyiq körilgan.