Joriy yilning 29 mart kuni Toşkent davlat agrar universitetida 150 dan ortiq korxona, taşkilot, muassasa va fermer xöjaliklarining mas'ul xodimlari iştirokida “Karera kuni” yarmarkasi ötkazildi.

Universitetda 2018-2019 öquv yilida 17 ta bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça 1333 nafar, 23 ta magistratura mutaxassisligi böyiça 135 nafar, jami 1468 nafar bitiruvçilar öqişni tamomlaydi.

Mazkur yarmarkadan közlangan asosiy maqsad bitiruvçilarning öz mutaxassisliklari böyiça işga joylaştiriş hamda iqtidorli va qobiliyatli bitiruvçi yoşlarni kasbiy va ilmiy-tadqiqot işlariga keng jalb etiş, ularning öz ijodiy va intellektual salohiyatini röyobga çiqariş uçun zarur şart-şaroit yaratiş, yuqori malakali mutaxassis va ilmiy-pedagog xodimlar bölib yetişişlarida amaliy yordam berişdan iborat.

Tadbir mobaynida bitiruvçilarni bugungi kun talabiga javob beradigan raqobatbardoş kadrlar qilib tayyorlaşda keng kölamli işlar amalga oşirilayotganligi, ularni sifatli ta'lim olişlari uçun mamlakatimizda yaratilayotgan şart-şaroitlar, malakaviy amaliyotlarni samarali taşkil etiş mexanizmini tubdan takomillaştirilayotganligi, amaliyotlarni ötagan korxona va taşkilotlarga işga joylaşişlari şuningdek, kelajakda iş joylariga tez könikişlariga amaliy yordam berişi, yoş mutaxassislarning kasbiy bilim va tajriba töplaşlarida sohaning yetuk mutaxassislari bilan hamkorlikda işlab ustoz-şogird tizimini keng yölga qöyiş zarurligi ta'kidlab ötildi.

Natijada iş beruvçilar bilan bitiruvçilar örtasida dastlabki natijalarga köra 90,2% “Yoş mutaxassisni iş bilan ta'minlaşga kömaklaşiş töğrisida” uç tomonlama şartnomalar imzolanib, har bir bitiruvçi öz mutaxassisligi böyiça iş örniga ega böldi.