Şvetsiyaning Education first kompaniyasi bilan hamkorlikda Özbekistonda ingliz tili öqituvçilarining bilim darajasi baholanadi va malakasi oşiriladi. Bu haqida Ma'rifat naşri xabar bermoqda.
Xabarda keltirilişiça, ingliz tilini biliş darajasi böyiça xalqaro reytingda örganilgan 88 davlatning örtasida Özbekiston 86-örinni, Osiyo davlatlari örtasida esa oxirgi örinni egallagan.
Xalq ta’limi vaziri Şerzod Şermatovga köra, mazkur reyting dunyo böyiça 1,3 million foydalanuvçining tahlili asosida tuzilgan bölib, iştirokçilarda öz bilimini tekşirişga qiziqiş bölgan va internetdan bemalol foydalana olgan. Agar til biliş darajasi keng aholi örtasida tahlil qilinadigan bölsa, natija bundan ham pastroq bölişi mumkin.
«Barça ingliz tili öqituvçilarining bilim darajasini tekşiriş uçun IELTS, TOEFL imtihonlarini ötkaziş bizga qimmatga tuşadi. Şu bois öqituvçilar bilimini bepul baholaş borasida Şvetsiyaning Education first kompaniyasi bilan kelişib olindi. Mazkur imtihon natijalari xalqaro CEFR körsatkiçlari bilan mos tuşadi.
Şuningdek, ingliz tili fani öqituvçilarining malakasini oşirib boriş maqsadida aniq dastur işlab çiqiladi», — deydi xalq ta’limi vaziri.
Mazkur dastur yordamida çet tili böyiça pedagog kadrlarning kuçli tomonlari va kamçiliklari örganilib, xulosalar asosida öqituvçilarning malakasini oşiriş maqsadida maxsus öquv kurslari dasturi işlab çiqiladi.
Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatining bayonotiga köra, hozirga qadar öqituvçilarning bilimini xolis baholaş imkonini beruvçi milliy tizim mavjud bölmagan, bu boradagi harakatlar ilk marotaba amalga oşirilmoqda.
«Ingliz tili böyiça umumiy dasturni özlaştirgan öqituvçi ham IELTS/CEFR/TOEFL böyiça sertifikatga ega pedagog ham salohiyati turliça bölişiga qaramasdan bir xil maqomda köriladi. Aynan çet tilini biliş malakasini aniq baholaş böyiça tizimning yöqligi qaysidir ma’noda pedagogning bir nuqtada qotib qolişiga ham sabab böladi», — deydi Norin tumanidagi 71-maktab öqituvçisi J.Bobojonova.
IELTS böyiça instruktor Zohid Ibrohimovga köra, xorijiy tillarni öqitişda umumta’lim maktablarida öta oddiy, klassik metodlardan foydalaniladi.












